The economy explained. How it works in Uzbekistan and most importantly, how it doesn't. Discover hidden side of everything from different perspective (in Uzbek/Russian).
Shu yilning 2-aprelini Prezident Tramp "Ozodlik kuni" deb e'lon qildi va shu kuni keng ko'lamli tariflarni e'lon qildi. Bu qarorning tarixi, mohiyati, mantig'i va ta'siri haqida gaplashdik. 1930 yillardagi savdo urushini qo'zg'atgan va Buyuk Depressiyani chuqurlashtirgan deb esdan qolgan Smut-Houli paytidan beri mamlakat bunday tariflarni hali boshdan kechirmagan edi. Podkast yozilgan sana: 7 - Aprel 2025 yil. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Ushbu epizodda mamlakatimizda havoda va yerda yo'lovchi tashish sohasi, undagi bozorning kichikligi, faoliyat olib boradigan mahalliy, davlat va xorij korxonalari, chiptalar sotuvi, va boshqa mavjud muammolar haqida gaplashdik. Suhbat davomida o'zimiz va boshqalarning tajribalari bilan bo'lishdik. Podkast yozilgan sana: 23 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Ushbu epizodda O'zbekistonga xorijlik, shu jumladan xitoylik investorlarning kelishi, sarmoya qilishi va tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari haqida suhbatlashdik. Nima uchun xitoylik ishbilarmonlar O'zbekistonga tahdid emasligi, bozorimiz kengayishi, raqobat jadallashishi va o'yin qoidalari barchaga bir xil tadbiq etilishi haqida gaplashdik. Podkast yozilgan sana: 17 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Ushbu epizodda iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarda ko'p ishlatiladigan va biz kundalik hayotimizda ko'p to'qnashadigan holat - axborot assimetriyasi haqida suhbatlashdik. Axborot assimetriyasi bir tomonning (masalan, sotuvchi yoki xaridor) boshqa tomonga qaraganda ko‘proq yoki yaxshiroq ma'lumotga ega bo‘lishi holatini anglatadi. Ushbu nomutanosiblik tufayli bozorlar samarali ishlamay qolishi yoki bir tomon zarar ko‘rishi mumkin. Suhbat davomida nazariya va ko'p misollar keltirildi, masalan, avtomobil bozori, sug'urta, tibbiyot, mehnat bozori, moliyaviy bozorlar. Podkast yozilgan sana: 21 - Dekabr 2024 yil. Toshkent shahri. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi oqibatlari va Donald Tramp prezidentligida nimalarni kutish kerakligi haqida bo'ldi. Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2024 yil. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.
Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi. Epizodda avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi haqida gaplashdik. Suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy dasturlari haqida batafsil to'xtaldik. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: 28 - Oktyabr 2024 yil.
2017 yilning sentyabr oyida o'tqazilgan O'zbekistondagi valyuta islohotiga bu yil roppa-rosa 7 yil bo'ldi. Bu epizodda biz milliy valyutamiz so'm, "valyuta konvertatsiya"si yopiqligi paytidagi va undan keyingi vaziyat haqida suhbatlashdik. Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: Sentyabr 2024.
Ushbu epizod noan'avaniy tarzda, ya'ni Toshkent shahrida jonli yozildi. Muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi. Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: 26 - Iyun 2024.
Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app. Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024.
Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo'lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app Podkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app Podkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.
Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing! Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app
Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app
Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida. Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada. Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023
Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik. Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023
Maxsus son. Podkast yozilgan sana: 19 — Sentyabr, 2023
Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya'ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta'siri, va kapital bozor qanday sharoitlarda rivojlanishi haqida ham suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 — Avgust, 2023
Bugungi epizodimiz qimmatli qog'ozlar bozori haqida bo'ldi. Fundamental tushunchalar - fond bozorida korxona aksiyasi qanday shakllanishi va narxi nimalarga qarab tebranishi haqida suhbatlashdik. Bozorda muhim funksiyani bajaradigan izlanuvchi/tadqiqotchi moliyaviy jurnalistlar va "short-seller" haqida ham suhbatlashdik. So'ng, individual aksiyalarni sotib olish kerakmi, bunday qaror chiqarishda ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuenserlar maslahatiga tayanish kerakmi degan savollar atrofida munozara qildik. Birimizning ilmiy tadiqotimiz ham aynan shu mavzularga oid. Aytgancha, biz podkastimizning to'rt yilligini nishonlayapmiz. Hammasi roppa-rosa to'rt yil oldin, avgust oyining boshlarida aynan shu binoda (Garvardda) boshlangan edi. Bugun aynan shu yerdan sizlar uchun yangi epizodni yozdik. 4 yil oldin biz faqat audio formatda va Telegramda boshlagan bo'lsak, keyin biz barcha audio platformalarda, hozir esa Youtubeda video formatdamiz. Shu davr mobaynida bizni tinglab va qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Podkastimizning ushbu epizodi suv haqida. Nafaqat O'zbekistonda balki mintaqamizda suv, ayniqsa ichimlik suv masalasi juda dolzarb bo'lib bormoqda. Asosan iqtisodiy nuqtai nazardan muammo va yechimlar atrofida suhbatlashib, suvning taqchilligi, yetqazish jarayoni va iste'moldagi isrofi, taqsimlash va narxlash siyosatlari haqida ham gaplashdik. Podkast olingan sana: 18 — Iyul, 2023
Podkastimizning navbatdagi epizodida Amerikada hozirda biz kuzatayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nazardan anti-amerikanizm sentimenti haqida suhbatlashdik. Bu fenomen ayniqsa texnologiyalar sohasida faoliyat olib boradigan va jamoatchilikda ko'zga ko'ringan tadbirkorlar va investorlarda kuzatilmoqda. Tashqaridagi anti-amerikanizm emas, aynan ichkaridagi anti-amerikanizmning sababi nima degan savol suhbatimizning markazida bo'ldi. Podkast olingan sana: 27 — Iyun, 2023 Podkastga yordam: https://www.buymeacoffee.com/uzbekonomics
Podkastimizning navbatdagi epizodida banklardan pul qochishi sabablari, mohiyati va oqibatlari haqida suhbat qildik. Bunda regulyatorning o'rni, rag'batlar tizimi, va depozitlarni sug'urtalashning sabablari haqida ham gaplashdik. Suhbat davomida yaqinda inqirozga uchragan AQShdagi Silicon Valley Bank va First Republic Banklar voqealari, ularning hal bo'lishidagi federal hukumatning o'rni va kelajakdagi rag'batlar haqida ham to'xtalib o'tdik. Bundan tashqari, hozirgi davrda bank inqirozida ijtimoiy tarmoqlar, va depozitlarning mobilligi alohida o'rin egallashi haqida to'xtaldik. Aytgancha, bu yil Nobel sovrinini iqtisodchilar aynan shu mavzudagi tadqiqotlari uchun olgan edilar.
Podkastimizning navbatdagi epizodida sun'iy intellekt va bashorat mashinalari, ularning istiqbollari, iqtisodiyotga, mehnat bozoriga, tadbirkorlikka va jamiyat kundalik hayotiga ta'siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, sun'iy intellektning ba'zi salbiy ta'siri haqida ham suhbatlashdik. Ikkalamiz bu mavzuga alohida tayyorlanganligimiz sababli suhbat o'zimizga ham qiziq bo'ldi. Umid qilamizki sizga ham. Sun'iy intellekt sohasida jarayonlar tez ro'y berayotgani uchun bu keng mavzuga kelajakdagi epizodlarda albatta qaytamiz.
Bugungi epizodda to'ylarga xarajat qilishning iqtisodiy mantig'i haqida suhbatlashdik. To'y xarajatlari va boshqa hashamatli tovarlar va xizmatlarning iste'moli insonlarning jamiyatdagi o'z ijtimoiy-iqtisodiy mavqeilarini, pog'onadagi o'rinlarini ko'rsatishning bir usuli sifatida qaralishi mumkin.
Bugungi epizodda qarorlarni niyati bilan emas, biz xohlamagan asoratlarini va oqibatlarini o'rganishimiz kerakligi haqida suhbatlashdik.
Insonlar ishonadigan va dunyoni tushunish uchun foydalanadigan narrativlar (rivoyatlar, hikoyalar) ularning dunyoqarashiga va iqtisodiy xatti-harakatlariga bevosita ta'sir qiladi. Narrativlarga insonlar hissiy jihatdan jalb qilinadilar, va faktlarni tanqidiy baholash ehtimoli kamayadi. Bugungi dasturda narrativlar qanday paydo bo'ladi, qanday tarqaydi, bunda inson psixologiyasi qanday o'rin egallaydi va bu narrativ-hodisalar haqida qanday fikr yuritishimiz mumkinligi haqida bir qator misollar keltirib suhbatlashdik. Umid qilamizki sizga ham qiziq bo'ladi.
Fitna nazariyasi o'zi nima? Ular qachon paydo bo'ladilar? Kim ularni tarqatadi va kimlar ularga ishonadi? Fitna nazariyalariga kim ishonishini qanday shaxsiy xususiyatlar tushuntirishi mumkin? Shu savollarga javob topish uchun avval o'zimiz mustaqil ravishda izlanib, o'qib ko'rdik va podkast doirasida topilmalarimiz bilan ulashdik, suhbatlashdik. Ba'zi savollar haligacha ochiq qoldi. Epizodda yangragan savollarga sizda javob bo'lsa, marhamat, izohlarda yozib qoldiring, albatta o'qiymiz!
Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.
Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, to'satdan ko'paygan migratsiya oqimining narxlar, fiskal siyosatga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'sirlarga ham to'xtaldik. Podkast olingan sana: 27 — Sentyabr, 2022
Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi haqida ham suhbatlashdik.
Epizod boshida mustaqillik haqida qisqa suhbatlashdik. Ayting-chi, siz uchun mustaqillik nimani anglatadi? Izohlarda yozib qoldiring. Bu safargi suhbatimiz Baydenning aholida yigʻilib qolgan talabalik kreditlarining maʼlum qismidan voz kechish haqidagi qarori, uning mohiyati, koʻlami, taʼsiri haqida boradi. Bu mavzu umuman imtiyozlar, byudjet, fiskal siyosat mavzulariga juda yaqin. Oʻzbekistondagi taʼlimga imtiyoz haqida ham biroz gaplashdik. Jazo muqarrarligi haqidagi mavzu haqida alohida epizodda gaplashamiz, vaqt yetmay qoldi, har doimgidek:) Podkast olingan sana: 2 — Sentyabr, 2022
Bu safargi suhbatimiz ko'pchilik uchun tanish bo'lgan mavzu haqida. Istalgan xalqaro musobaqada qatnashadigan va g'olib bo'ladigan o'zbekistonliklar atrofida kun tartibiga chiqadigan asosiy mavzu bu g'oliblarga qanday sovrin berilishi. Suhbat siz ko'p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulari atrofida boradi.
Bu epizoddan boshlab podkastimiz video formatda ham olib boriliadi. YouTubeda ko'rin va obuna bo'ling. Bugun, yo'llardagi tirbandlikning yechimi, sud hokimiyatining mustaqilligi naqadar muhimligi va AQShda inflyatsiya darajasini jilovlashga qaratilgan qonun aslida nimalarni o'z ichiga olganligi haqida suhbatlashdik. Podkast olingan sana: 12 - Avgust, 2022
Oqibatlar bilan kurashish, bank xizmatlari bu davlat xizmatlari emasligi, naqd pulga bo'lgan talab va boshqalar haqida
AQShda inflyatsiya, bozordagi axvol, bitkoyn, futbolga chipta narxlari haqida 23 iyunda yozilgan suhbat. Eslatma: podkastimizda bizga qiziq bo'lgan va hozirda aktual mavzular haqida erkin suhbatlashamiz.
May oyidagi oxirgi epizodimiz..
Podkastimizning har bir epizodida endi dunyo va O'zbekistonda oxirgi hafta mobaynida dolzarb bo'lgan 2-3 ta mavzu haqida suhbatlashamiz. Bugun Twitterni Elon Musk tomonidan sotib olinishi, Yalpi ichki mahsulot va import haqida navbatdagi hatolar va AQShda talabalarga kreditlar haqida suhbatlashdik. Epizod 3 May kuni yozildi.
Urush har doim yomon! Bugungi epizodimizda Ukrainadagi urush, Rossiyaga sanksiyalar, O'zbekiston uchun qisqa-o'rta muddatda ularning ta'siri va bu o'z iqtisodiyotimiz manfaati uchun qanday turtki bo'lishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.
Yo‘llardagi avariyalarning daxshatli raqamlari, yo'l harakati xavfsizligi (yana), o'limlar, sabab-oqibatlar, rag'batlar, sug'urta va piyodalar uchun eng rasvo infratuzilma haqida suhbat.
O'zbekiston qanday qilib rivojlanishdan avval ekologiya, atrof-muhitga zarar yetkazishda "erishdi?" Daraxtlar, ko'llar va bo'glarning muhimligi haqida avvalroq gaplashgan bo'lsakda, oxirgi 2-3 kun mobaynida mamlakat chang-bo'ron oqibatlari bilan yashayotgan paytda ushbu mavzuga yana bir bor to'xtalishga qaror qildik.
Ushbu epizodda biz Grin karta, mehnatga layoqatli ishchi kuchining qancha qismi ketishga "moyil", uning sabab va oqibatlari haqida gaplashdik.
Agar to'rt oy ichida bir mamlakatda ikkita Boeing samolyoti falokatga uchrasa, necha hafta motam tutilar edi? Nega yo'llarni kengaytirish tirbandlikni qisqartirmaydi, balki aksincha ko'paytiradi? Yo'llarda va shaharsozlikda tartibga kelishida hokimlarning saylanishi muhimligi qanday? Shu va boshqa savollar haqida suhbat.
Podkastimizning navbatdagi epizodi fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi haqida bo'ldi.
Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi. Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik. Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firibgarlik faoliyatlarini aniqlash va fosh qilishda xabar beruvchilarning o’rni, rag’batlar va guvohlarni himoya qilish tizimlari kabi mavzularda gaplashdik.
Korrupsiya, uning sabab, oqibatlari, yechimlari va hamda iqtisodiy taraqqiyot haqida suhbat. Mehmonimiz Nodir aka Zakirov huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.
Biz davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotda aralushivi haqida ko'p gapiramiz. Shunday soha borki, unda davlatning ishtiroki, aralashuvisiz natijaga erishib bo'lmaydi. Ushbu epizodda ijtimoiy tovar va xizmatlar, shu jumladan, toza havo, suv va shahar parklarini aholiga ta'minlashda haqida suhbatlashdik.
Ushbu epizodda bozor va buyruqbozlik iqtisodiyotlarii sharoitida Covidga test, vaktsina, byurokratiya haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, fitna nazariyasi, u qayerdan chiqib kelishi mumkinligi haqida ham gap boradi. Obuna bo'ling, ulashing.
1.5 yarim yillik tanafusdan so'ng podkast qaytmoqda. Biroz yangiroq formatda, Botir Kobilov va Behzod Hoshimov birgalikda ma'lum bir aktual mavzu bo'yicha muntazam ravishda suhbat olib boradilar. Hozircha har hafta. Ushbu epizodda "big tech", Facebook ustidan sud ishi, ushbu sohadagi raqobat, Tramp va so'z erkinligi haqida gap boradi. Obuna bo’ling.
Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Ikkinchi qism.
Erkin savdo yoki protektsionizm? Iqtisodchilar bunga nima deydi? O'zbekistonda qaysi birini qo'llash kerak? Behzod Hoshimov bilan ushbu mavzular haqida gaplashamiz va jamiyatimizda mavjud stereotiplarni buzishga harakat qilamiz. Birinchi qism.